Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijonchasiga... Sovuq havoda Andijonda o‘quvchilar mayda mansabdorlarni kutib oldi

Andijonchasiga... Sovuq havoda Andijonda o‘quvchilar mayda mansabdorlarni kutib oldi

Havo haroratining birdan sovushiga qaramasdan Andijondagi bayroq bayrami targ‘ibot tadbirida 43-maktab o‘quvchilari ust kiyimisiz bayroq ko‘tarib, mayda mansabdorlarni kutib olishga safarbar etildi.  

"Ko‘cha juda sovuq. Endi tasavvur qiling, shu izg‘irinda kurtkasiz, yosh bolaga qanchalik sovuq. Shu targ‘ibotingizni issiqroq kunlarga qoldirsangiz bo‘lardi. Odamning qadri bo‘lmasa ham bolalarni qadrlaylik", deydi Safari kanali muallifi.

Ayni paytda Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vaziyatni o‘rganayotganini aytgan bo‘lsa, XTV rahbarlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:30 22.11.2020. O'qildi: 4830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!