Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijon viloyatida tadbirkorning pul mablag‘larini o‘zlashtirgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon viloyatida tadbirkorning pul mablag‘larini o‘zlashtirgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.T.” va “B.S.” MCHJlar tomonidan un mahsulotini xarid qilish uchun “A.G.” va “SH.G.” MCHJlarga jami 5,9 mlrd so‘m o‘tkazib berilgan bo‘lsada, fuqaro G‘.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, “M.T.” va “B.S.” MCHJlar rahbari Q.V.ning nomidan soxta hujjatlar orqali un mahsulotini qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi elektron hisobvaraq-fakturalarni tasdiqlab, pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:46 07.04.2021. O'qildi: 1490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!