Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” MCHJ rahbari D.YU. (muqaddam sudlangan) “F.” MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd so‘mlik A-95 markadagi benzin yoqilg‘isini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarni sotuvidan tushgan mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflar yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.