Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijon viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi

Andijon viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Paxtaobod tuman ko‘mir ombori mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 53,9 ming kg. ko‘mirni fuqaro M.T.ga 54 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda omborxona mas’ul shaxslari jami 64,7 ming kg. ko‘mirni hech qanday hujjatsiz qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:32 05.11.2024. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!