Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Andijon viloyatida avtomashinada sodir etilgan o‘g‘irlik barmoq izlari yordamida ekspertlar tomonidan fosh etildi

Andijon viloyatida avtomashinada sodir etilgan o‘g‘irlik barmoq izlari yordamida ekspertlar tomonidan fosh etildi

Joriy yilning 4 avgust kuni Asaka tumani «Navkan» mahallasida yashovchi fuqaro J.A. IIBga xabar berib, o‘ziga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasi salonidagi hamyoni ichidan 1.500 AQSh dollari hamda 600.000 so‘m pullarini noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab olib ketilganligini ma’lum qilgan.

O‘g‘irlik holati yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Asaka tumani IIB tergov-tezkor guruhi tarkibida hodisa joyiga borgan tuman EKG katta eksperti tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davrida qo‘l barmoq izlari aniqlanib olingan.

Olingan qo‘l barmoq izlari tuman EKG katta eksperti tomonidan gumondorlar daktoxaritalari bilan solishtirib, tekshirilganida qo‘l barmoq izlari Asaka tumani «Muqumiy» mahallasida yashovchi S.SH. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondordan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.

Kiritildi: 09:37 14.08.2022. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!