Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijon shahrida yong‘in ro‘y berdi

Andijon shahrida yong‘in ro‘y berdi

Bugun, 24 noyabr kuni soat 12:37 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Andijon shahar, “Ishchilar” MFY hududida joylashgan 3 qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘in tezkorlik bilan o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari bilan uyning 630 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 14:52 24.11.2026. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik