Mintaqa mamlakatlarida gaz narxi bir kunda 8,6 foizga oshib, bir megavatt soat uchun 96 yevroga yetdi.
Bunga Yevropa gaz omborlaridagi zaxiralarning kamligi, mavsumiy talabning yuqoriligi va havo keskin sovishi haqidagi prognozlar sabab bo‘ldi.
Sinoptiklarning ogohlantirishicha, Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida sovuq ob-havo dekabr boshigacha davom etadi. Bu hafta harorat so‘nggi 30 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3–5 daraja, dekabr boshida esa 5–8 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.