Shu yilning 20 mart kuni Andijon xalqaro aeroporti «Silk Avia» aviakompaniyasining birinchi US601 yo‘lovchi reysini qabul qildi. Bortida 63 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 12:13 da qo‘ndi.
An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.
Avval xabar qilinganidek, aeroport reyslarni qabul qilishni boshladi.
Ayni paytda «Silk Avia» Toshkentdan Andijonga ATR-72-600 samolyotlarida haftasiga ikki marta seshanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Kelgusida xalqaro reyslarni qayta tiklash ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni aeroportda rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanib, uning doirasida aerodrom majmuasining salmoqli qismi, jumladan, uzunligi 3300 metr va eni 60 metr bo‘lgan 4E toifadagi yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, bitta yurish yo‘lagi va 3 ta samolyot to‘xtash joyiga ega perron qurilishi yakunlandi.