Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real"ga qaytishi mumkin.
Touchline xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Madrid klubini uchinchi marta boshqarishga tayyorligini bildirgan. Ayni paytda "qaymoqranglilar" Anchelottini zaxira varianti sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq, murabbiy kelajakda o‘zi murabbiylik qiladigan yagona klub "Real" ekanini aytgandi.
Karlo Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha va 2021 yildan 2025 yilgacha murabbiylik qilgan. Uning qo‘l ostida "qaymoqranglilar" 15 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, ular orasida uchta Chempionlar Ligasi ham bor. Shuningdek, italiyalik murabbiy Madrid klubi bilan Ispaniyada ikkita chempionlikni qo‘lga kiritgan.