Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Anchelotti Vinisiusga hakamlar bilan bahslashishni taqiqladi

Anchelotti Vinisiusga hakamlar bilan bahslashishni taqiqladi

Karlo Anchelotti «Real» futbolchilariga «Atletiko»ga qarshi o‘yinda hakam bilan bahslashishni taqiqladi.

Bugun, 29 sentyabr kuni La Liganing 8-turi doirasida «Metropolitano»da Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi.

Marca xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi «Alaves» bilan so‘nggi o‘yinda (3:2) sodir bo‘lgan voqealardan norozi bo‘lgan. Bu bahsda uning jamoasi doimiy ravishda maydonda bo‘layotgan voqealar va hakam qarorlariga e’tiroz bildirgan. Uning fikricha, shu sababdan futbolchilarga o‘yinni nazorat qilish qiyin bo‘lib qolgan. Anchelotti bunday holat takrorlanishini istamaydi.

Shu munosabat bilan, u o‘yinchilardan to‘pga e’tibor qaratishni va norozilik bildirmaslik, imo-ishoralar qilmaslik yoki provokasiya sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday signallarni bermaslikni talab qildi.

Murabbiy bu masalani, ayniqsa, Vinisius Junior bilan muhokama qildi. Ular braziliyalik vingerning qanot hakami bilan bahslashgani uchun sariq kartochka olgani haqida gaplashishdi va futbolchiga o‘yindan chalg‘imaslik uqtirildi.

Ta’kidlanishicha, klub Jud Bellinghemning ham hakamlar bilan o‘zaro munosabatlardan unchalik mamnun emas. O‘yin paytida u juda ko‘p norozilik bildiradi. O‘z navbatida Angliyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda «Valensiya» bilan o‘yinda (2:2) hakamga nisbatan agressivligi tufayli maydondan chetlatilganidan saboq olgani aytilgan.

Kiritildi: 21:05 29.09.2024. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!