Xitoylik ayol eriga xiyonat qilganidan keyin egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Eng ajablanarlisi, egizaklarning otasi boshqa-boshqa. Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.
Ismi oshkor etilmagan ayol yangi tug‘ilgan bolalarining DNK tekshiruvini o‘tkazgandan so‘ng hayratlanarli holatga duch keldi. Xitoyda yangi tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga olinayotganda DNK o‘tkaziladi.
Turli otalardan egizaklarning tug‘ilishi superfekundasiya deb nomlanadigan juda kam uchraydigan tasodif. Pekin Chjunchjensk Sud identifikasiya markazi direktori Den Yaszyun bunday holat 10 milliondan bir vaziyatda sodir bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Superfekundasiya odamlarda kam uchraydi, ammo bu boshqa hayvonlarda, shu jumladan mushuklarda, itlarda, sigirlarda va kemiruvchilarda nisbatan keng tarqalgan.