Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida H5N6 parranda grippi tarqalmoqda.
Mamlakat qishloq xo‘jalik vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, insonlarning parranda grippi bilan kasallanish holati hozircha qayd etilmagan.
Qayd etilishicha, parranda grippi Nanchun shahar okrugi Sichun uyezdidagi fermalardan birida aniqlangan.
Fermada 2497 ta parranda bo‘lib, ulardan 1840 tasi grippni yuqtirgan hamda nobud bo‘lgan.
Epidemiya tarqalganidan so‘ng mahalliy hukumat kasallik tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rib, 2,26 mingta parrandani yo‘q qilgan.