Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Rossiyada to‘rt kunlik ish haftasi joriy qilinishi mumkin

Ana xolos! Rossiyada to‘rt kunlik ish haftasi joriy qilinishi mumkin

Rossiya Federasiyasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda to‘rt kunlik ish haftasini sinov rejimida joriy qilishni muhokama qiladi. Bundan maqsad ishchilar vaqtining samarali o‘tkazilishiga imkon berish.

Yaqin kunlarda Rossiya mehnat vazirligida mehnat unumdorligini oshirish milliy loyihasiga kiritilgan korxonalarda to‘rt kunlik ish haftasini sinov rejimida joriy qilish masalasi muhokama qilinadi.

Hozircha aniq parametrlar belgilanmagan

Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari bu masala milliy loyiha doirasida haligacha ishlab chiqilmagani va qisqartirilgan ish haftasini joriy qilish uchun hozircha aniq parametrlar yo‘qligini aytgan.

"Ishchilar vaqtining 30-40 foizini bekor o‘tkazadi"

“Korxonalarda ishchilar vaqtining 30-40 foizida hech narsa bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Bizning vazifamiz ish kunini qisqartirish emas, balki uni samarali qilishga imkon berish. 

Ushbu metodni bir qator korxonalarda sinovdan o‘tkazgandan so‘ng, ish kunini qisqartirish yoki qisqartirmaslik haqida yakuniy xulosaga kelamiz” dedi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Zaselskiy.

Shuningdek, u qisqartirilgan ish haftasini faqat bitta korxonada sinab ko‘rish yaxshi natija bermasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Milliy loyiha 266 ta kichik va o‘rta korxonalarni o‘z ichiga olgan

Federal vakolat markazi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda “Mehnat unumdorligi va bandlikni qo‘llab-quvvatlash” milliy loyihasi Rossiyaning 30 ta viloyatidagi 266 ta kichik va o‘rta korxonalarni o‘z ichiga olgan. Ular orasida, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, ilmiy-texnik faoliyat, qurilish sohasidagi kompaniyalar bor.

Avvalroq, Rossiya kasaba uyushmalari mamlakatdagi mehnat va bo‘sh vaqtni optimallashtirish uchun ish haftasini to‘rt kunga qisqartirishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 15:51 16.09.2019. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!