Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Rim papasi model qizning behayo rasmiga "layk" bosdi va...

Ana xolos! Rim papasi model qizning behayo rasmiga "layk" bosdi va...

Rim papasi Fransiskning Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali braziliyalik model Natalya Garibottoning behayo rasmiga “layk” bosilishi Vatikanni noqulay ahvolga solib qo‘ydi. 

“Evronyus”ning xabar berishicha, ayni paytda bu “layk”ni aynan kim bosganini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazilyapti. Vatikan papaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini shaxsan uning o‘zi boshqarmasligini, bu ish bir guruhga yuklatilganini ma’lum qildi.  

Rim papasining rasmiy sahifasi orqali 13 noyabr kuni behayo rasmga qo‘yilgan “layk” ertasi kuni qaytarib olingan. Garibotto esa bu rasmni yoqtirgan 133 ming kishi orasida kimsan, katoliklarning yetakchisi borligidan xursandligini aytgan. “Kamida jannatga tushaman”, – deya yozdi u o‘z sahifasida. 

Kiritildi: 10:21 21.11.2020. O'qildi: 11232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!