Ba’zi mutaxassislar nasistlar Ikkinchi jahon urushi paytida yashirincha Janubiy Amerikaga yuborilgan vaqt mashinasi — "Qo‘ng‘iroq"ni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan deb hisoblashadi.
“Daily Star” gazetasining xabariga ko‘ra, Gitler “Wunderwaffe” nomli sirli qurolni Polshaning qaysidir tog‘larida joylashgan hududda saqlashni buyurgan ekan.
Aytishlaricha, qurilma sizga vaqtlararo harakat qilish imkonini beradi va atigravitasion xususiyatlarga ega. Qayd etilishicha, ushbu maxfiy moslamani sinovdan o‘tkazish jarayonida bir nechta nemis olimi vafot etgan ekan.
Germaniyalik zobit Yakob Sporrenberg bir vaqtlar mana shunday mashina ustida ish olib borilganini tan olgandi. Qurilma esa Amerikaga olib ketilgan. Shuningdek, Yakobning aytishicha, ushbu amaliyotning maxfiyligini ta’minlash uchun 60 olim o‘ldirilgan ekan.