Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! Dunyoda davlat tili mavjud bo‘lmagan mamlakatlar ham bor?!

A A A
Ana xolos! Dunyoda davlat tili mavjud bo‘lmagan mamlakatlar ham bor?!

AQSh fuqarosi bo‘lish uchun ingliz tilini bilish shart emas. Chunki ingliz tili rasmiy umummilliy xarakterga egamas. Biroq ba’zi shtatlarda ushbu hududning rasmiy tili haqidagi qonunlar bor. Muloqot tili ingliz tili hisoblanadi. Davlat tilini federal darajada o‘rnatish borasida XIX asrda ham urinishlar bo‘lgan, ammo bu fuqarolarning huquqlarini poymol qilishi mumkinligi sabab amalga oshmagan.

XX asrda xitoy millatiga mansub aholi umumfederal tilga qat’iyan qarshi edi, o‘z “mahalla”larida ular xitoy tilida gaplashishni maqul ko‘radi, ko‘pchiligi ingliz tilini ham bilmaydi.

Shuningdek, Avstraliyada biror til davlat tili sifatida musthkamlanmagan, ammo u de-fakto ingliz tilidir, ya’ni britan lahjasidagi ingliz tili.

Buyuk Britaniyada ham davlat tili yo‘q. U yerda bir nechta til: ingliz, shotland, valliy tili va gel tili (tog‘li Shotlandiyada)dan foydalaniladi.

Yaponiyada ham yapon tilini davlat tili sifatida o‘rnatish haqida o‘ylab ko‘rishmagan. Ehtimol, bunga hojat yo‘qligi uchundir.

Eritreyada bir necha tildan (arab, tigrinya) foydalaniladi, ammo davlat tili yo‘q.

Kiritildi: 16:05 12.01.2020. O'qildi: 3983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!