Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"An-Nasr" "Bavariya" yulduzi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

"An-Nasr" "Bavariya" yulduzi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yana bir nomdor futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "An-Nasr" "Bavariya" vakili Kingsli Koman bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. 29 yoshli fransuz saudiyaliklar uchun vinger pozisiyasiga ustuvor nomzod bo‘lib turibdi.

"An-Nasr" tarkibida bir necha yildan buyon yulduz Krishtianu Ronaldu to‘p tepib kelmoqda. Joriy yozda klub transfer bozorida faol ish olib bormoqda va kelgusi mavsumda sovrinlar uchun kurashishni istamoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Kingsli Komanni 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:51 08.08.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!