Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

⚠️ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari qo‘shni Afg‘onistondan mamlakatimizga kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalarni to‘xtatib qolishdi.
➡️ Xususan, Afg‘onistonning Qunduz viloyatida yashovchi, 1974 y.t. shaxs davlat chegarasini buzgan holda, Amudaryodan qayiqda suzib o‘tgan vaqtida qo‘lga olindi.

Uning yonida bo‘lgan 2 ta qopning ichida esa jami 10 dona o‘ramda, sof og‘irligi 10 kg 354 gr bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirildi.
📗 Hozirda DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari doirasida ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
💎 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlarga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 19:45. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!