arixshunos Akbar Zamonovga ko‘ra, Amir Temur sipohlari tarkibi turli-tuman bo‘lib, harbiy xizmatga bir necha ming ayollar ham jalb qilingandi. Ayol jangchilarning aksariyati ko‘chmanchi urug‘larga mansub bo‘lgan.
Bu haqda XV asrda yashagan suriyalik tarixchi Ibn Arabshoh shunday yozadi: «Temur lashkarlari orasida ayollar ham bo‘lib, ular dushman bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda matonat ko‘rsatardilar. Nayza sanchish, qilich o‘ynatish va kamondan mo‘ljalga olishda mohir erkaklardan ko‘ra ham ortiqroq ish qilardilar.
Ayollarning 1395 yil To‘xtamishxonga qarshi Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yidagi jangda ham ma’lum darajada ishtirok etganligi manbalarda yozib qoldirilgan.