Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Amerikaliklarning 50 foizdan ortig‘i bojlarning byudjetga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonmoqda

Amerikaliklarning 50 foizdan ortig‘i bojlarning byudjetga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonmoqda

Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan boshqa mamlakatlardan importga kiritilgan bojlar ularning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, degan fikrni bildirgan.

Bloomberg agentligi o‘tkazgan so‘rovnoma ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

"Katta yoshli amerikaliklarning aksariyati (56 foizi) agar Tramp tariflar joriy etmaganida oilalarining moliyaviy ahvoli yaxshiroq bo‘lishini aytgan," - deyiladi nashrda.

Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, amerikaliklarning 69 foizi kundalik iste’mol tovarlari narxining oshishini kutmoqda, respondentlarning 52 foizi esa bojlarni joriy etishdan va’da qilingan foyda mamlakat duch kelgan iqtisodiy xarajatlarga arzimaydi, deb ta’kidlagan.

Kiritildi: 06:17 25.05.2025. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!