Amerika xalqi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining boshqa davlatlarga yordamni to‘xtatish haqidagi qarorini olqishlamoqda. Bu haqda AQSh Kongressi a’zosi Marjori Teylor Grin X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Prezident Tramp va bizning yangi davlat kotibimiz Marko Rubio Ukraina va boshqa mamlakatlarga barcha xorijiy yordamni to‘xtatdi. Davlat departamenti shokda, ammo Amerika xalqi unday emas, biz nishonlamoqdamiz”, — deb yozadi u.
Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlarini, jumladan, Kiyevni moliyalashtirishni darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. Biroq Isroil va Misrga yordam berish to‘xtatilmagan.
Bundan tashqari, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.