Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amerikalik tadbirkor Afg‘onistondagi konlardan biriga 10 million dollar sarmoya kiritadi

A A A
Amerikalik tadbirkor Afg‘onistondagi konlardan biriga 10 million dollar sarmoya kiritadi

«Tolibon»ning Panjshir viloyatidagi mahalliy rasmiylari amerikalik tadbirkor ushbu viloyatdagi zumrad konlarini qazib olish uchun zamonaviy asbob-uskunalarga qariyb o‘n million dollar sarmoya kiritishga va’da berganini ma’lum qildi.

«Tolibon» rasmiylari Panjshirda yangi topilgan 40 ta zumrad konini qazib olish bo‘yicha ish boshlanganini ham e’lon qildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Panjshir zumrad konlarida yetti mingga yaqin konchi ishlaydi. Ishchilarning aytishicha, zamonaviy asbob-uskunalar yo‘qligi jiddiy muammolardan biriga aylangan.

Kiritildi: 10:31 04.12.2023. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!