Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Amerikalik sobiq harbiy Ukraina armiyasidagi asosiy muammolarni sanab o‘tdi

Amerikalik sobiq harbiy Ukraina armiyasidagi asosiy muammolarni sanab o‘tdi

Ukraina Qurolli kuchlari frontdagi yo‘qotishlar yuqori bo‘lgani sababli institusional tajribani to‘plash va uni keyingi bo‘linmalarga yetkazishda qiynalmoqda. Bu haqda AQSh armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis YouTube kanali efirida fikr bildirdi.

«Ukrainaliklar institusional tajribani to‘play olmayapti, chunki ular juda tez halok bo‘lyapti. Bu haqiqat», — dedi u.

Devisning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining muammolaridan biri Rossiya qo‘llayotgan ayrim turdagi qurol-yarog‘ va harbiy imkoniyatlarga teng vositalar yetishmasligi bilan bog‘liq.

«Rossiya kuchlari Ukraina g‘arbi tomon bosqichma-bosqich ilgarilamoqda. Ular shaxsiy tarkib, uchuvchisiz uchish apparatlari, artilleriya, planerlovchi aviabombalar, shuningdek, uzoq va o‘rta masofali raketalar bo‘yicha ukrain tomonidan sezilarli ustun. Ukraina uchun esa variantlar tobora kamaymoqda. Bu yo‘nalishlarning deyarli barchasida imkoniyatlar juda cheklangan», — dedi Devis.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Rossiya qo‘shinlari Donesk viloyatidagi Annovka va Kucherov Yar, Sumi viloyatidagi Pershe Travnya va Pisarevka, shuningdek, Zaporojye viloyatidagi Dolinka, Nejenka va Shevchenkovskoye aholi punktlarini nazoratga olgan.

Rossiya tomoni, shuningdek, bir hafta ichida Ukrainadagi harbiy, metallurgiya va neftni qayta ishlash korxonalari, logistika markazlari, yoqilg‘i-energetika va transport infratuzilmasi ob’ektlari, harbiy aerodromlar, dron ishlab chiqarish sexlari, o‘q-dori va yoqilg‘i omborlariga bir marta keng ko‘lamli hamda 12 marta guruhli zarba berilganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida harbiy maqsadlarda foydalanilgani aytilgan Ukraina port infratuzilmasi ob’ektlari ham ishdan chiqarilgani qayd etildi.

Rossiya tomonining da’vosiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari bir hafta davomida 9 610 nafardan ortiq harbiy xizmatchi, 3 ta tank, 63 ta zirhli jangovar mashina, 47 ta artilleriya quroli va 3 ta ekipajsiz katerni yo‘qotgan.

Kiritildi: 13:16 29.08.2026. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!