AQSh va Isroil harbiy hujumlari va cheklovlariga qaramay, Eron ijtimoiy ta’minotga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda va tegishli islohotlarni amalga oshirmoqda.
Bu haqda Eron Oliy Rahbari Mojtaba Xomeneyning Hukumat haftaligi munosabati bilan qilgan murojaatida aytilgan.
"Men qat’iy e’lon qilaman: ijtimoiy birdamlikka zarar yetkazadigan har qanday harakat taqiqlanadi", deyiladi Xomeneyning rasmiy veb-saytida chop etilgan murojaatda.
Oliy Rahbarning murojaatidan so‘ng, Eron Prezidenti Masud Pezeshkian o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida barcha ko‘rsatmalar bajarilishini va Islom Respublikasi rivojlanishda davom etishini ma’lum qildi.