Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Amerikalik mudofaa pudratchilariga Ukrainada ishlashga ruxsat berildi

A A A
Amerikalik mudofaa pudratchilariga Ukrainada ishlashga ruxsat berildi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati amerikalik mudofaa pudratchilariga Pentagon tomonidan taqdim etilgan qurollarni saqlash va ta’mirlash uchun Ukrainada ishlashga ruxsat berishga qaror qildi.

Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Amerikalik mulozimning so‘zlariga ko‘ra, pudratchilar soni kam bo‘ladi, ular front chizig‘idan uzoqda joylashgan bo‘lib, jangovar harakatlarda qatnashmaydi.

Ukrainada kam sonli pudratchilarga ega bo‘lish AQSh tomonidan taqdim etilgan asbob-uskunalar «buzilgan bo‘lsa, tezda ta’mirlanishi va kerak bo‘lganda texnik xizmat ko‘rsatishi»ni ta’minlashga yordam beradi”, dedi manba.

Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi pudratchilarni himoya qilish uchun AQSh qo‘shinlarining bo‘lishi shart emas, xavfsizlik va xavflarni kamaytirish kabi masalalar Pentagon bilan shartnoma tuzayotgan kompaniyalar mas’uliyati bo‘ladi.

Ilgari cheklovlar tufayli Kiyev AQSh tomonidan taqdim etilgan qurollarni kapital ta’mirlash uchun boshqa davlatlarga eksport qilishi yoki Ukraina harbiylari ta’mirlash bo‘yicha tavsiyalarni masofadan turib olishi mumkin edi. Bu F-16 qiruvchi samolyotlari va Patriot havo mudofaa tizimlarini Kiyevga yetkazib berishdan keyin tobora murakkablashib borayotgan ta’mirlash ishlarini sekinlashtirdi.

Kiritildi: 13:32 09.11.2024. O'qildi: 1291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!