Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Amerikalik erkak qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasini topib oldi

A A A
Amerikalik erkak qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasini topib oldi

AQShning Minnesota shtatida yashovchi erkak o‘rmonga qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasining jasadini topib oldi, deb xabar beradi Science Alert.

"Daryo" nashriga ko‘ra, erkak topilma haqida o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga ma’lum qildi. Shundan so‘ng jonivorning murdasi tabiiy resurslar vazirligiga yetkazildi. Jonivorning jasadi kelgusidagi tadqiqotlar uchun muzlatib qo‘yildi.

Tadqiqotlar jonivorning umurtqasi ikkiga bo‘lingani va undan alohida boshlarga ega ikkita bo‘yin o‘sib chiqqanini ko‘rsatdi.

Jonivorning o‘pkasi oxirigacha shakllanmagani uchun u o‘lik tug‘ilgan. Bug‘u bolasining ovqat hazm qilish tizimi ham ikkita bo‘lgan. Biroq ulardan faqat bittasi to‘laqonli ravishda ishlagan.

Kiritildi: 04:50 15.05.2018. O'qildi: 1851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik