Amazon kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan chatbotni ishlab chiqdi.
Qayd etilishicha, Q deb nomlangan bot korxonalarga yirik hujjatlar yoki guruh suhbatlarini umumlashtirish va kontent yaratishda yordam beradi. Bot mijozlar so‘rovlariga javob berishi, grafiklar yaratishi, ma’lumotlarni tahlil qilishi va kompaniyalarga kodlashda yordam berishi mumkin.
Q botini Salesforce, Jira, Zendesk, Gmail va Amazon S3 kabi ilovalar, dasturiy ta’minotlarga ulash va sozlash mumkin.
Veb-ilovadan foydalanib, kompaniya botdan, masalan, xaridorlarning qanday mahsulot xususiyatlari bilan bog‘liq muammolari borligini va ularni hal qilish yo‘llarini tahlil qilishni so‘rashi yoki faylni (Word hujjati, PDF, elektron jadval va boshqalar) yuklashi va fayl haqida savollar berishi mumkin.
Shuningdek, bot foydalanuvchilarni xatolarning oldini olish uchun amallarni bajarishdan oldin uni tekshirishga undaydi, deb xabar beradi korrespondent.net.