Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Alsgeymer tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi

Alsgeymer tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori (36-son, 29.01.2026 y.) bilan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

✅ Hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔸 o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;

🔸 “Inson” markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;

🔸 ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasida ro‘yxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.

📝 2026 yil 1 martdan xulq-atvori buzilishlari bo‘lmagan ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!