Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Allamjonov "zamdekan" va talaba qiz mojarosi haqida: "Bunaqalar yer yuzidan qirilib ketsin"

Allamjonov "zamdekan" va talaba qiz mojarosi haqida: "Bunaqalar yer yuzidan qirilib ketsin"

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Nizomiy nomidagi TDPUda yuz bergan voqea yuzasidan fikr bildirdi.

"Peduniversitetida ro‘y bergan voqeaga o‘xshagan holatlar haqida har gal eshitganimda etim jimirlab ketadi.

Meniyam to‘rt qizim bor. Bir kun kelib, ular ham voyaga yetadi, mustaqil xayotga qadam qo‘yadi. Men har doim ham ularning yonida bo‘lmayman. Xudo ko‘rsatmasin, qizimni birov xafa qilgudek bo‘lsa, o‘sha odamni nima qilib qo‘yishimni tasavvur qilolmayman. Tasavvur qilishniyam xohlamayman.

Bunaqa ...lar Yer yuzidan qirilib ketsin, menga qolsa. Ayniqsa, ta’lim tizimidan bundaylarni tag-tugi bilan quritish kerak.

Men ushbu loyihani ishga tushirish tarafdoriman, uni yuz foiz qo‘llab-quvvatlayman.

Hamma otalarni shu g‘oya atrofida birlashishga va har bir qizni o‘z farzandidek himoya qilishga chaqiraman. Toki, qizlarimizning yonida himoya qiladigan kimdir doim topilsin".

Kiritildi: 22:29 27.10.2021. O'qildi: 4261 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!