Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Allamjonov "Meta"ning boshqaruvchi direktori va Jorj Chen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

Allamjonov "Meta"ning boshqaruvchi direktori va Jorj Chen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Meta (Facebook) kompaniyasining Boshqaruvchi direktori hamda Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Fond va Meta kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi va 2022 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga asosan mamlakatimizdagi OAV, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, O‘zbekistonning xorijdagi elchilari sahifalarini verifikasiyalash, matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar uchun o‘quv kurslari o‘tkazishga kelishib olingan.

Hamkorlikdagi kurslarda kontent yaratish va uni boshqarish, yolg‘on axborotlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik sohasida raqamli savodxonlikni oshirish mavzularida ham maxsus treninglar o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:40 22.11.2021. O'qildi: 2488 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!