Vengriya Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi. Bu haqda Politico nashri yevropalik diplomatlarga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, Budapeshtning taklifi 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda muhokama qilinadi. Yevropa Ittifoqi davlatlari 15 sentyabrgacha sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishlari kerak.