Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Alisher Qodirov: "Qoraqalpog‘istonda hech qanday repressiya va bosim yo‘q"

A A A
Alisher Qodirov: "Qoraqalpog‘istonda hech qanday repressiya va bosim yo‘q"

Sal avval, Komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha navbatdagi tekshiruvini boshlagani, ayrim ma’lumotlar qayta tekshirilayotgani xabar qilingan edi. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qoraqalpog‘istonda hech qanday repressiya va bosim yo‘qligini yozmoqda. Unga ko‘ra, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"O‘xshash mavzularda surishtiruvlar AQSH, Qozog‘iston, Shri-Lanka, Myanma kabi davlatlarda ham uzoq vaqt olib borilgan va ayrimlarida davom etmoqda, bu juda tabiiy va to‘g‘ri.

Qonunni buzgan inson, yer yuzini istalgan burchagida tergov qilinadi, aybi bo‘lsa jazolanadi. Aybi yo‘qlar qo‘yib yuboriladi.

Qoraqalpog‘istonda mingdan ortiq inson aybsiz bo‘lgani uchun emas, yaxshi niyat namoyishi sifatida qo‘yib yuborilgan. Qolgan qism bilan tergov yakunlanmadi.

Provokasiya qilmang, surishtiruvga xalaqit bermang.

Komissiya faoliyatini TWITTERda @independentuzb manzilida kuzatib boring", - deb yozadi O‘zLiDep raisi

Kiritildi: 09:26 18.08.2022. O'qildi: 2347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!