Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Alisher Qodirov: "Bu jirkanch qahramonlar oila, bog‘cha va maktabda yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy xatolarning achchiq mevalaridir"

Alisher Qodirov: "Bu jirkanch qahramonlar oila, bog‘cha va maktabda yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy xatolarning achchiq mevalaridir"

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov so‘nggi voqealarga munosabat bildirdi.

"So‘nggi haftada jamoatchilikning haqli nafratiga sabab bo‘lgan voqealar: Paxtakor stadionidagi bezorilik, to‘yda kelinga musht tushirgan “erkak”, mushukni itga g‘ajitgan bola va go‘dakka shafqatsizlik qilgan ayol…

Bu va shunga o‘xshash, yashirin qolishni uddalayotgan yuzlab “jirkanch qahramonlar” tarbiya maskanlari bo‘lgan oila, bog‘cha va maktabda yo‘l qo‘yilayotgan jiddiy xatolarning achchiq mevalaridir. Tizim nafaqat nosog‘lom, ba’zan majruhlarni ham tayyorlamoqda.

Bu fojia viruslari milliy pandemiyaga aylanib ketmasligi uchun tarbiya va ta’lim tizimi tezroq va amalda o‘zgarishi zarur", deb yozdi Qodirov.

Kiritildi: 09:00 17.06.2022. O'qildi: 4750 marta. Fikrlar soni: 22 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!