Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish haqida gapirdi.
APA xabariga ko‘ra, siyosatchi bunda Amerikaning "Milliy demokratik institut" tashkilotini ayblagan.
"Biz 1 million dollardan ortiq mablag‘ni kuzatib bordik... bu pullarning bir qismini muxolifat faollarining ijaraga olingan kvartiralarida, Molotov kokteyllari va hukumat binolari va polisiyachilarga hujum qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga topdik," - dedi u.