Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ali Larijoniyning o‘rnini Muhammar Bag‘ir Zolg‘adr egalladi — Al Jazeera

Ali Larijoniyning o‘rnini Muhammar Bag‘ir Zolg‘adr egalladi — Al Jazeera

AQSh va Isroilning mart oyi boshida amalga oshirgan havo hujumlarida halok bo‘lgan Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari Ali Larijoniy o‘rniga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) sobiq qo‘mondoni Muhammad Bag‘ir Zolg‘adrni tayinlandi.

Prezident Mas’ud Pizishkiyonning kommunikasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari tegishli tayinlovni e’lon qildi, deya xabar berdi nashr.

Eron xavfsizlik kengashini rasmiy jihatdan prezident boshqaradi, tuzilma xavfsizlik va tashqi siyosatni muvofiqlashtiradi. Kengash tarkibiga oliy rahnamo Mujtabo Xominaiy vakillaridan tashqari yuqori martabali harbiylar, razvedka va hukumat rasmiylari ham kiradi.

"Zolg‘adrning yangi lavozimi Eron ichida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ta’siri kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa, yuqori darajadagi qaror qabul qilish jarayonida noaniqlik ortib borayotgan bir paytda yuz bermoqda. Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy mart oyi boshida o‘ldirilgan otasi oyatulloh Ali Xominaiyning o‘rnini egallaganidan beri jamoatchilikka ko‘rinish bermadi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 17:34. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!