Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Aleksandr Usik WBA kamaridan voz kechdi

Aleksandr Usik WBA kamaridan voz kechdi

Boks bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik WBA kamaridan voz kechdi. Bu haqda u o‘zining Instagram dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

WBA tashkiloti meni Denis Lebedov bilan jang qilishga majbur qilmoqda. Bu jang bo‘lmaydi, chunki men va mening jamoam og‘ir vazn toifasiga o‘tishga qaror qildik. Shu sababli Denis bilan jang qila olmayman.

Men kamardan voz kechaman. Shunchaki u menda bo‘lishini xohlamayman, qolganlar jang qilaversin, bu yaxshi. Denisga hamda ushbu kamar uchun kurashadigan barcha bokschilarga omad tilayman. Boks tushing va kamarni qo‘lga kiriting , dedi Usik.

Shunday qilib, Usik endilikda mutlaq jahon chempioni deb hisoblanmaydi, chunki u birinchi og‘ir vazn toifasida faqatgina 3 ta asosiy kamarga ega.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik WBSS kamari uchun jangda Murad Gassiyevni mag‘lub etib, birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgandi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 07:46 29.03.2019. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!