Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Aleksandr Makedonskiy tiriklayin ko‘milgan

Aleksandr Makedonskiy tiriklayin ko‘milgan

Aleksandr Makedonskiy 32 yoshida vafot etganida, allaqachon ko‘p joylarni bosib olgan va dunyodagi eng yirik imperiyani yaratgan edi. Uning imperiyasi Bolqon yarim orolidan Pokistongacha cho‘zilgan bo‘lgan. 

Miloddan avvalgi 323 yilda Buyuk Iskandar kasal bo‘lib qoldi va 12 kunlik azoblanishdan so‘ng, atrofdagilar uni o‘ldi deb o‘ylashadi. Unda hayot alomatlari bilinmaydi, ammo 6 kun davomida ham uning tanasi o‘likdek hidlanmaydi.

Zamonaviy tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Aleksandr Makedonskiy Giyena-Barre sindromi (asablarga hujum qilib falajga olib keladigan immun reaksiya, bunda inson pulsi juda past bo‘ladi) deb nomlanuvchi asab kasalligiga chalingan bo‘lgan.

Ularning ta’kidlashicha, u "vafot etganida" aslida falaj bo‘lib qolgan, ammo hushida bo‘lgan. Shundan kelib chiqib, olimlar uning tiriklayin ko‘milganini ma’lum qilishgan.

Kiritildi: 22:20 04.05.2021. O'qildi: 21786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!