Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

«Albatta, Alloh imon keltirganlarni mudofaa qilur...» oyatining tafsiri qanday?

«Albatta, Alloh imon keltirganlarni mudofaa qilur...»  oyatining tafsiri qanday?

Savol:

Ba’zi begunoh mo‘minlar qatl etilayotgani, yomonlik va zulmga yo‘liqayotgan bugungi kunda “Albatta, Alloh imon keltirganlarni mudofaa qilur...” oyatini tafsiri qanday bo‘ladi?

Alloh sizni yaxshlik-la mukofotlasin.

Javob:

Siz  Oisha roziyallohu anhoning Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam): “Ichimizda solihlar bo‘la turib ham halok bo‘lamizmi?” deganlarida, u zot: “Ha, agar yomonlik ko‘paysa”, deganlaridan bexabar ko‘rinasiz. Bugungi kunda yomonliklar naqadar ko‘payganini ko‘rmayapsizmi?! Munkar ishlarni inkor qilmay, sukut saqlashning o‘zi yomonlik emasmi?! Bundan tashqari siz Alloh taoloning: “Mol-mulklaringiz va jonlaringiz (ofati va musibati) ila sinalursizlar. Shuningdek, sizlardan oldin Kitob berilganlar va mushriklardan ko‘p aziyatli (achchiq) gaplarni eshitasizlar” oyatini o‘qimaganmisiz?! Hazrati Bilol, Suhayb, Ammor va boshqa sahoba (roziyallohu anhum)larning qancha azob tortganini bilmaysizmi?! Bugunda azob chekayotgan kishilar o‘sha axyor sahobalardan yaxshiroqmi?!

Manba: azon. uz

Kiritildi: 22:03 09.10.2019. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!