Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Albaniyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Albaniyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Albaniyaning sobiq prezidenti, “Ozodlik” partiyasi asoschisi Ilir Meta Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura buyrug‘i bilan hibsga olindi. U pul yuvish, korrupsiya va daromadlarni yashirishda gumon qilingan, deb yozadi Euronews.

Hibsga olish vaqtida Ilir Meta qarshilik ko‘rsatishga uringan. Uning advokati hibsga olinganini tasdiqladi.

U ilgari boylikni yashirish va pul yuvishda gumon qilinib, tergov ostida edi. Sobiq davlat rahbari barcha ayblovlarni rad etdi.

55 yoshli Ilir Meta Albaniyaning so‘lchi Ozodlik partiyasi rahbari bo‘lib, 2017 yildan 2022 yilgacha mamlakat prezidenti bo‘lgan. U bosh vazir Edi Ramaning ochiq raqibi bo‘lib, uni "kleptokratik rejim o‘rnatishda" ayblaydi.

Albaniya Demokratik partiyasi rahbari Sali Berisha o‘tgan yilning dekabr oyidan beri korrupsiyada gumon qilinib, uy qamog‘ida saqlanmoqda. Muxolifat Ramani raqiblarini siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilishda ayblaydi. Bosh vazir buni rad etadi.

Bungacha Albaniya poytaxtida tartibsizliklar va to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan edi. Muxolifat bosh vazirning iste’fosini talab qildi.

Kiritildi: 23:15 22.10.2024. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!