Albaniya bosh vaziri Edi Rama Italiya bosh vaziri Jorja Melonini qiziqarli tarzda kutib oldi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Tiranadagi Skanderbeg maydoniga qizil gilamdan yurish boshlagan paytda, Albaniya bosh vaziri Edi Rama soyabonini bir chetga qo‘yib, cho‘kkaladi.
Noa.al saytining yozishicha, Meloni Ramadan bu harakatini to‘xtatishni so‘ragan, so‘ngra ular bir xil bo‘yga ega bo‘lishlari uchun shunday qilayotgani haqida hazillashgan (Ramaning bo‘yi 2,01 metr, Melonining bo‘yi esa 1,63 metr).