SAXALning G‘azo sektoridagi zarbalari oqibatida kamida to‘rt falastinlik halok bo‘ldi.
Bu haqda Al-Jazeera xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo sektorining markaziy hududida joylashgan Al-Mag‘ozi qochqinlar lageridagi turar-joy binolariga bergan zarbasi oqibatida kamida to‘rt nafar Falastin fuqarosi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, yaradorlar haqida ma’lumot bor.