Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijda ta’lim olishi uchun kvotalar ajratiladi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijda ta’lim olishi uchun kvotalar ajratiladi

Farmonga ko‘ra, 2027 yildan har yili “Yorqin iste’dod” loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishi uchun 200 tadan kvota ajratiladi.

Kvota xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 100 ta oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidagi tashkilotlarga kamida 50 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilingan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilariga ajratiladi.

Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari
va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar soni
200 nafardan kam bo‘lgan taqdirda, o‘qishga yuborish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmaydi.

Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari
va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar soni
200 nafardan oshganda, quyidagi ustuvorlik asosida tanlov amalga oshiriladi:

Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oila a’zosi hisoblanishi;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotining xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingdagi o‘rni;

oliy ta’lim tashkilotidan taqdim etilgan grant miqdori.

Kiritildi: 10:57 21.05.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!