Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Aktrisa Gavhar Sharipova harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Aktrisa Gavhar Sharipova harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Aktrisa Gavhar Sharipova Qashqadaryodagi YTHda vafot etgani xabar qilingan edi. Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining «Daryo»ga xabar berishicha, aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgan va ko‘ngilsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

Voqea 19 noyabrga o‘tar kechasi soat 1:00 da sodir bo‘lgan. G‘uzor tumanining Yorg‘unchi qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo‘lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa haydovchiga avtobusni to‘xtatishini, tushib qolishini aytgan. 

Biroq haydovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramay, avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan va baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:27 19.11.2019. O'qildi: 9159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!