Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Aksilkorrupsiya bir oyda aniqlangan qonunbuzilishlar haqida ma’lumot berdi

Aksilkorrupsiya bir oyda aniqlangan qonunbuzilishlar haqida ma’lumot berdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, vazirlik va idoralar tomonidan 2023 yilning fevral oyida jami 4,35 trln so‘mlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oshirildi.

Agentlik tomonidan mazkur davrdagi davlat xaridlariga oid jami 25 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari yuzasidan buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Jumladan, quyidagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi:

«Uzbekistan Airports» AJ buyurtmachiligida 4,3 mlrd so‘mga jihozlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilgan;

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 2,6 mlrd so‘mga «Temir-beton ustun» xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilgan;

Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 796 mln so‘mga tibbiy asbob uskunalar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmagan.

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so‘rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 21:20 27.03.2023. O'qildi: 1147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!