Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Aksariyat amerikaliklar Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatish tarafdori

Aksariyat amerikaliklar Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatish tarafdori

Aksariyat amerikaliklar AQShning Ukrainaga harbiy yordamini to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu CBS News va YouGov sosiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari, deb yozadi The American Conservative jurnali.

So‘rov 19-22 noyabr kunlari o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 51 foizi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ko‘proq qurol yoki harbiy yordam yubormasligi kerak, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, so‘rovda qatnashganlarning 79 foizi Ukrainaga yordamni cheklash yo‘llarini topish saylangan prezident Donald Trampning o‘tish davri guruhi uchun ustuvor vazifa bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.

“Bu topilmalar Bayden ma’muriyati Ukrainaning Rossiyaga AQSh raketalari bilan zarba berishini ma’qullash va Ukrainaga piyodalarga qarshi minalarni yetkazib berish orqali mojaroni tezda kuchaytirayotgan bir paytda paydo bo‘ldi”, deyiladi maqolada.

Respondentlar muhojirlarga munosabati haqidagi savolga ham javob berishdi. Respondentlarning 57 foizi AQShga noqonuniy kirib kelgan odamlarni qidirish va deportasiya qilish dasturini qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: Bugun 15:06. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!