Shu yilning 28 may kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi.
Azimboy Sadullayev 1947 yilda Xorazmning Shovot tumanida tug‘ilgan.
U Toshkent davlat universitetiga o‘qishga kirib, keyinchalik tahsilni Moskva davlat universitetining Mexanika-matematika fakultetida davom ettirgan.
Matematik olim 2000 yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni va 2020 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.