AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ikki soatcha telefonda muloqot qilganidan so‘ng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarga suhbat tafsilotlarini so‘zlab bergandi.
Endi esa Donald Trampning ushbu suhbatdan keyingi bayonotlarini keltiramiz:
- O‘ylashimcha, tez orada nimadir sodir bo‘ladi. Bu urushga katta ego egalari aralashgan. Agar hech narsa yuz bermasa, biz ortga chekinamiz.
- Ukraina masalasida jiddiy siljish kuzatilmasa, AQSh muvofiqlashtiruvchi rolini Yevropaga topshiradi.
- Ukrainadagi urush Yevropaning muammosi edi, AQSh bekor aralashdi.
- Menimcha, Putining joniga tegdi. Putin to‘xtashni istaydi, deb o‘ylayman.
- Miyamda Rossiya-Ukrainaga bosim qilishdan to‘xtashimni ko‘rsatuvchi qizil chiziq bor. Ammo u qanaqa qizil chiziqligini aytmayman.
- Ukrainani qurol bilan ta’minlash rejamiz yo‘q emas, biroq urush to‘xtashiga ishonamiz.
- Tinchlikka erishish uchun imkoniyat bor, shu sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmayapmiz.
- Amerika askari Ukrainaga bormaydi.
- Zelenskiy bilan «muloqot qilish uncha oson emas».
- AQSh Ukrainaga «xorijiy davlat uchun rekord miqdordagi mablag‘»ni berdi.
- Ukrainaning nizoni bas qilish va tinchlikka erishish uchun xatti-harakatlari yetarlichami, 2-4 haftadan so‘ng bir nima deyish mumkin.