Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ajab dunyo: Trampning boshiga Baydenning kuni tushmoqda

Ajab dunyo: Trampning boshiga Baydenning kuni tushmoqda

Tramp Shimoliy Koreya rahbarini Eron prezidenti bilan adashtirib yubordi.

78 yoshli sobiq prezident va AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning seshanba kuni Eron bo‘yicha faktlarni aniq bayon eta olmagani, 81-yoshli Jo Bayden bir qator shunga o‘xshash xatolar tufayli prezidentlik poygasini tark etganidan bir necha oy o‘tib, uning aqliy qobiliyatlari pasayishi mumkinligi haqida yangi xavotirlarni keltirib chiqardi, deb yozadi Salon.

Miluoki shtatidagi nutqida Tramp "aslida meni o‘ldirmoqchi bo‘lgan Shimoliy Koreya prezidenti" haqida gapirdi, ammo chamasi, KXDR rahbarini Eron prezidenti bilan adashtirib yuborgan.

Tramp boshqa bir chiqishida o‘z prezidentligi davrida Eron hujumi natijasida 34 nafar amerikalik harbiy xizmatchi bosh miya jarohati olganini, ammo bu voqea muxbir taxmin qilganidek jiddiy emasligini ta’kidladi. Muxbir "askarlarning boshi og‘rimaganmi?" deb so‘ragandi. Tramp yana qo‘shib aytdiki, "tovush baland bo‘lganidan tashqari hech kim zarar ko‘rmadi."

Gavayi demokrat senatori Brayan Schatz ushbu bayonotlarga munosabat bildirdi va X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘zining mikroblogida AQShning sobiq prezidenti bilan "haqiqatan ham nimadir bo‘layotganiga hayron bo‘lish o‘rinli" ekanligini ta’kidladi.

"Bu odamning ahvoli real vaqt rejimida yomonlashmoqda," - deb yozdi milliy xavfsizlik bo‘yicha huquqshunos Bredli Moss.

Kiritildi: 17:00 03.10.2024. O'qildi: 2709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!