Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

"Ai-80" markali benzinni "Ai-92" deb sotgan AYOQShlarning lisenziyasini bekor qilinadi

"Ai-80" markali benzinni "Ai-92" deb sotgan AYOQShlarning lisenziyasini bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan benzin narxining asossiz oshirilishi bilan bog‘liq xabarlarga oydinlik kiritdi.

“Bizning zavodlarda ishlab chiqarilayotgan va yetkazib berilayotgan benzin sifati qattiq nazorat qilinadi. Iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida ham qandaydir noqonuniy xatti-harakatlar bo‘lsa, biz buni nazorat qilamiz.

Bunday xabarlar kelib tushganda biz neftinpeksiya xodimlarini joylarga chiqargan holda, benzinning nafaqat sifatini, balki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda narxini ham nazorat qilish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz", - deydi vazir.

Vazirning ta’kidlashicha, benzin narxini asossiz oshirib yuborgan yoki sifatsiz benzinni, qolaversa, "Ai-80" markali benzinni "Ai-92" deb sotgan AYOQShlarning lisenziyasini bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Shuningdek, metan gaz “zapravka”larga qo‘yilgan cheklovlar davrida benzinga talabni oshishini hisobga olinib, benzinni birjada sotuvga chiqarish bo‘yicha belgilangan miqdor ham oshirilgan. Hozirgi kungacha 2 400 tonna "Ai-80" birjada sotuvga chiqarilgan bo‘lsa, kechadan, ya’ni iste’mol oshgan kundan boshlab bu ko‘rsatkich 3,5 ming tonnaga yetkazilgan.

Kiritildi: 00:14 08.12.2022. O'qildi: 2458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!