Prezident qaroriga asosan, 2030 yildan boshlab, Toshkent shahri va uning atrofidagi IESlar va issiqlik markazlarida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilandi:
➖ poytaxt atrofida joylashgan, ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarga filtrlar o‘rnatiladi;
➖ 2028 yilgacha kuchli chang bo‘ronlarini hozirgiga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
➖ “Evro–4” standartidan past yoqilg‘ilarni bosqichma-bosqich cheklashni boshlash 2028 yilga qoldiriladi;
➖2025 yildan Toshkentning 12 ta tumanida kichik monitoring stansiyalari o‘rnatiladi. Ko‘chalarda havo sifatini ko‘rsatib turuvchi monitor va tablolar 2026 yildan ishga tushiriladi;
➖ 2025–2030 yillarda poytaxt va uning atrofida jami 441 gektarlik “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi.